Jahon | 17:18 / 10.07.2015
5385
1 daqiqa o‘qiladi

Hayit namozlarini o‘qilishi uchun Moskvada 41ta maydon tayyorlanadi

Butun dunyo musulmonlarining muqaddas bayrami hisoblanadigan Hayit ayyomini o‘tkazish uchun Moskva shahrida 41ta maydon tayyorlanadi. 17 iyul kuni o‘tkaziladigan bu bayram uchun Moskva shahrida 8ta, Moskva viloyatida esa 33ta maydon hozirlanadi. Bu haqda TASS nashri Rossiya muftiyati vakili Rushan Abbosovga asoslangan holda xabar berdi.

"Bu yilda Hayit namozi uchun Moskva shahrida 7ta, viloyatda esa 33ta, jami 40ta maydon ajratiladi. Shuningdek, shahardagi "Sokolniki" maydonida ham Hayit namozi ado etiladi. Shaharda 6ta masjid mavjud bo‘lib, ulardan eng kattasi Bosh masjidda esa bir vaqtning o‘zida 60 ming kishi ibodat qilishi mumkin", deydi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish