Jahon | 14:20 / 10.07.2015
1448
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi yaponiyaliklar fabrikasida ro‘y bergan yong‘in tufayli 5 kishi halok bo‘ldi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahridagi yaponiyaliklarga tegishli bo‘lgan kosmetik vositalar ishlab chiqariladigan fabrikada katta yong‘in chiqdi. Bu haqda Kiodo nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, hodisa natijasida 5 kishi halok bo‘lgan va kamida 50 kishi jarohatlangan.

Aniqlik kiritilishicha, bu fabrika Yaponiyaning Mandom kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.

Hozircha yong‘in sabablari aniqlanmagan. Voqea joyida indoneziyalik qutqaruvchilar ish olib borishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish