Jahon | 17:21 / 10.07.2015
5139
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov: O‘zbekiston va Xitoy oliy darajada aloqalarni amalga oshirib kelmoqda

Oxirgi yillarda O‘zbekiston va XXR eng oliy darajada keng aloqalar olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Ufada bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida XXR raisi Si Tszinpin bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbari Xitoyga uzoq muddatli ko‘mak uchun tashakkur bildirdi.
“O‘zbekiston Xitoyning “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” hamda “XXI asrning dengiz Ipak yo‘li” tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda... O‘zbekiston, shuningdek, Xitoyning xalqaro masalalardagi bir qator muhim pozitsiyalarini qo‘llab-quvvatlamoqda va tegishli hamkorlikda faol ishtirok etmoqchi. O‘zbekiston, “Shanxay ruhi”ga tayangan holda, ShHT taraqqiyoti va a'zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab boradi”, – dedi u muloqot chog‘ida.

O‘z navbatida, Si Tszinpin ham Xitoy O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirishga ulkan e'tibor qaratayotganini ta'kidlab o‘tdi:
“Oxirgi yillarda ikki davlat munosabatlarida chinakam sakrash sodir bo‘ldi. Xavfsizlik, energetika, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi, telekommunikatsiyalar va ta'lim sohasidagi hamkorlik har tomonlama rivojlanmoqda, ikki davlat ham bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirdi, bu ularning xalqlariga sezilarli foyda keltirdi. Davlatlar strategik hamkorlikni mustahkamlashi, hamkorlikning yo‘l xaritasini ishlab chiqishi, Xitoy va O‘zbekiston tomonidan “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari”ning yaratilishi doirasidagi kelishuvlar realizatsiya loyihasini ishlab chiqishi kerak”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish