Jahon | 11:35 / 10.07.2015
1885
3 daqiqa o‘qiladi

Jyeb Bush saylovoldi kampaniyasi uchun 114 mln dollar to‘pladi

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan o‘z nomzodini taqdim etgan Jyeb Bush yarim yil davomida o‘z saylovoldi kampaniyasi uchun 114 mln dollardan ko‘proq mablag‘ to‘plagan. Bu haqda uning matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bu mablag‘ning 103 mln dollardan iborat qismi uning jamg‘armasi orqali yig‘ilgan. Yana 11,4 mln dollar Jyeb Bush o‘z nomzodini e'lon qilgan kundan boshlab, 2 hafta davomida yig‘ilgan.

Mahalliy OAVlarda ma'lum qilinishicha, AQShda hali prezidentlik uchun nomzodlarning hech biri bunday qisqa muddat ichida o‘z saylovldi kampaniyasi uchun bunday ko‘p mablag‘ni yig‘a olmagan edi.

CNN telekanali o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Jyeb Bush hozircha Respublikachilar partiyasi nomidan AQSh prezidentiligi uchun kurash boshlaganlar orasida eng yuqori imkoniyatga ega deb hisoblanmoqda.

O‘z navbatida Hillari Klinton ham demokratlar orasida prezidentlik uchun asosiy nomzod sifatida hisoblanmoqda.

Ma'lumot uchun, hozirgacha sobiq davlat kotibi Hillari Klinton, Rod-Aylendning sobiq gubernatori Linkoln Cheffi, Merilend shtatining sobiq gubernatori Martin O`Melli hamda Vermont shtatidan bo‘lgan mustaqil senator, demokratik qarashlarga ega bo‘lgan partiyasiz Bernard Sanders o‘z nomzodlari haqida e'lon qilishgandi. Demokratlarning saylovoldi s'yezdi 2016 yilning 25-28 iyul kunlarida, Filadelfiyada o‘tkaziladi.

Respublikachilar partiyasidan esa shu vaqtgacha 10 nafar vakil prezidentlik uchun kurashish istagini bildirgan. Bular senatorlar Ted Kruz, Rend Pol, Marko Rubio, Arkanzasning sobiq gubernatori Mayk Xakabi, neyrojarroh Ben Karson, Pensilvaniyadan sobiq senator Rik Santorum, Hewlett-Packard kompaniyasining sobiq rahbari Karli Fiorina, Floridaning sobiq gubernatori Jyeb Bush, milliarder Donald Tramp va virjiniyalik sobiq senator Jim Uebb hisoblanadi. Shuningdek, Nyu-Yorkning sobiq gubernatori, respublikachi Jorj Pataki yaqin qarindoshi og‘ir xastalikka chalingani uchun o‘z nomzodini qaytarib olgan. Respublikachilar o‘z saylovoldi s'yezdini 2016 yilning 18-21 iyul kunlarida Klivlendda o‘tkazishni rejalashtirishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish