Jamiyat | 12:14 / 10.07.2015
2456
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft hammuassislaridan biri nahanglar tadqiqotiga homiylik qiladi

Microsoft kompaniyasi hammuassislaridan biri Pol Allen Global FinPrint loyihasiga 4 mln dollar ajratdi. Bu haqda Inquisitr portali xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Global FinPrint korall riflarida istiqomat qiluvchi nahanglar va skatlarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan eng yirik loyihalardan biri bo‘ladi. Shu yo‘l bilan tadqiqotchilar ushbu jonivorlarning jahon akvatoriyasidagi miqdori haqida ma'lumot to‘plamoqchi.
Loyiha 2015 yilning avgustida boshlanadi. Hisob-kitoblar 3 yil davomida olib boriladi. Tadqiqotchilar uch geografik zonada 10-100 m chuqurlikka kameralar o‘rnatadi. Bular o‘z ichiga Hind va Tinch okeani akvatoriyalarini oluvchi Hind-Tinch okeani mintaqasi, Atlantika okeanining tropik zonasi hamda Afrikaning janubiy va sharqiy qirg‘oqlari yaqinidagi orollardir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish