Jahon | 17:29 / 10.07.2015
2180
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ShHT merosiyligi prinsiplariga amal qiladi

Shanxay hamkorlik tashkilotida raislikni qabul qilayotgan O‘zbekiston tashkilotning merosiyligi prinsiplariga amal qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Ufada o‘tayotgan ShHT sammitining kengaytirilgan yig‘ilishidagi chiqishida aytib o‘tdi.
“O‘zbekiston merosiylik prinsiplariga amal qiladi va ShHT davlatlari manfaatlariga javob beradigan hamkorlikni rivojlantirib boradi, shuningdek, tashkilotimizning jahon sahnasida obro‘ining oshishi uchun kerakli barcha ishni qiladi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
ShHTning dolzarb masalalari bo‘lib terrorchilik, ayirmachilikka qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, xalqaro va mintaqaviy tahdidlarga tegishli javoblar qaytarish, iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishini ta'minlash kabilar qoladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish