Jahon | 01:48 / 10.07.2015
5209
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Nazarboyevni “Aleksandr Nevskiy” ordeni bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni Yevroosiyo integratsiyasi jarayonlari va ko‘p maqsadli Rossiya-Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun “Aleksandr Nevskiy” ordeni bilan taqdirladi.

“Siz bilasiz, nafaqat men, balki bizning mamlakat sizga hurmat va ehtirom ila qaraymiz hamda sizning xizmatlaringiz, integratsion jarayonlar masalalarida ko‘rsatgan jonbozligingiz uchun sizni taqdirlashga qaror qilindi”, deb aytdi Putin va Nursulton Nazarboyevga ushbu ordenni topshirdi.

Nazarboyev o‘z navbatida nafaqat Putinga, balki butun rus halqiga, Ufadagi sammitda ishlayotgan OAVlarga a'lo darajadagi ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

O‘z navbatida Putin Nazarboyevni orden bilan tabrikladi. “Bu haqiqatda jangovar mukofot bo‘ldi. Arziydigan ishlar bor”, deb Nazarboyevni qutladi Putin.

“Aleksandr Nevskiy” ordeni davlat qurilishidagi alohida ko‘rsatgan xizmatlar, ko‘p yillik halol xizmat va xizmat vazifalarini bajarishdagi yuqori natijalar, Rossiyaning xalqaro nufuzi va mudofaa qobiliyatini mustaqkamlashdagi xizmatlar, iqtisodiyot, ta'lim, fan, madaniyat, san'at va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishdagi xizmatlar uchun beriladi. Bu mukofot, shuningdek, atoqli xorijiy siyosatchilar va jamoat arboblariga ham beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish