Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: to‘rtta davlat ShHTga hamkor sifatida qo‘shiladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal ShHTga hamkor sifatida qo‘shiladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, Rossiya yetakchisi ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari yig‘ilishining ochilishi marosimida qilgan chiqishida boshqa davlatlarning ham ShHT ishida qatnashishga qiziqayotganini bildirdi.
Ayni paytda tashkilot oldida turgan asosiy vazifa ikkita yangi nomzodni – Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayonini boshlash hamda bu masala tafsilotlarini kelishib olishdir.