Jahon | 16:03 / 10.07.2015
2556
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik huquqshunos madhiyasining rus tiliga tarjima qilinishini qonunbuzarlik deb baholadi

Qozog‘istonlik advokat Mixail Klenchin yaqinda Aqtan Suyunshalin tomonidan davlat madhiyasining rus tiliga tarjima qilinishi bilan bog‘liq yangilikka o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Uning fikricha, Qozog‘istonning rus tilli fuqarolarining milliy madhiyaga bo‘lgan mehrini oshirishga harakat qilgan moskvalik tarjimon o‘zi bilmagan holda qonunga xilof ishga qo‘l urgan. Bu haqda advokat Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.
“Gap shundaki, davlat madhiyasi, Qozog‘iston Respublikasining “Davlat ramzlari to‘g‘risida”gi konstitutsion qonuniga mufofiq, davlat ramzi hisoblanadi. Uning musiqiy tahriri va matni yuqorida tilga olingan qonunning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan. Shu bois rasmiy qo‘llanilganda u tasdiqlangan matn va musiqiy tahrirga binoan faqatgina davlat tilida ijro qilinadi”, – eslatib o‘tdi Klenchin.

U rus tiliga tarjima qilinishi natijasida yaratilgan musiqiy asar davlat madhiyasi hisoblanmasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish