Sport | 09:27 / 10.07.2015
1933
1 daqiqa o‘qiladi

"Roma" Jyeko uchun 10 mln yevro taklif qiladi

"Roma" "Manchester Siti" jamoasining bosniyalik hujumchisi Edin Jyekoga qiziqish bildirishda davom etmoqda.

Yaqin vaqt ichida "Roma" jamoasining sport direktori Valter Sabatini "shaharliklar"ga bu hujumchi uchun 10 mln yevro va qo‘shimcha bonuslarni o‘z ichiga oladigan taklif berishi kutilmoqda.

O‘z navbatida "Manchester Siti" bu hujumchisi transferi uchun 20 mln yevro narx belgilab qo‘ygan.

Biroz oldinroq, rimliklar bu futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolash borasida og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgani xabar qilingandi. Bu kelishuvga ko‘ra, Jyeko yiliga 4,5 mln yevro va qo‘shimcha bonuslar ko‘rinishida maosh olishi aytilgan.

Ma'lumot uchun, uning Angliyada oladigan yillik maoshi miqdori 5,5 mln yevroni tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish