Jahon | 18:11 / 10.07.2015
3754
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT Xitoyning “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zolari Xitoyning “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda a'zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra e'lon qilingan xabarnomada aytildi.
“ShHTga a'zo davlatlar Xitoyning “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ular davlatlarning tegishli idoralari o‘rtasida muzokaralar va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni muhim deb hisoblaydi”, – deyiladi xabarnomada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish