Jahon | 16:59 / 10.07.2015
2107
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT yosh inson xalqaro turistik kartasini joriy qiladi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar yosh inson xalqaro turistik kartasini joriy qilmoqchi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, tashkilotning yoshlar kengashi ushbu tashabbus bilan chiqqan.
“O‘ylaymanki, loyiha yosh insonlarga o‘z aloqalarini bir qadar kengaytirishga imkon beradi”, – umid bildirdi Putin.
Bundan tashqari, u barcha davlatlar turizm sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqishi kerakligini aytib o‘tdi.
Yaqin orada imzolanadigan shartnoma asosida tashkil qilinadigan Tarmoq universiteti ShHTga a'zo davlatlardagi 69 va Belarusdagi oliygohni birlashtiradi. Bu hujjat bilan birga Tarmoq universiteti yo‘riqnomasi ham tasdiqlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish