Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHTning 2016 yilgi sammiti Toshkentda o‘tkaziladi
ShHTning 2016 yildagi sammiti Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon aytib o‘tdi.
“2016 yilda biz Toshkent shahrida to‘planamiz. Ma'lum ma'noda bu ShHT uchun yubiley sammit bo‘ladi – biz tashkilot yaratilganining 15 yilligini nishonlaymiz”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Shuningdek, Tojikiston yetakchisi tez orada Eronning ShHTga qo‘shilishiga umid bildirdi:
“Tojikiston Hindiston va Pokistonning ShHTga qabul qilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qarorni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaydi. Umid qilamanki, eng yaqin kelajakda Eron Respublikasi ham tashkilotimiz a'zolari safiga qo‘shiladi”.