Jahon | 18:44 / 10.07.2015
5727
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Zabadani shahrida 1,5 ming jangarini qurshovga oldi

Suriya harbiylari va "Hizbulloh" askarlari Zabadani shahrida "Jyebhad an-Nasr" guruhi a'zolari bo‘lgan 1,5 ming nafar jangarini qurshovga oldi. Bu shahar Suriya poytaxti Damashqdan 25 km masofada joylashgan. Bu haqda RIA Novosti nashri ishonchli manbasiga asoslangan holda xabar qilgan.

"Jyebhad an-Nasr" jangarilari Zabadani shahrining Zaxra tumanida suriyaliklar armiyasi va "Hizbulloh" askarlari qopqoniga tushishdi. Qurshovda 1,5 ming jangari mavjud", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, aholi turar joylarida jang olib borilgan. Qurshovga oluvchilar jangarilarga tegishli sexni yo‘q qilishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish