Jahon | 10:49 / 10.07.2015
90055
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada qozog‘istonlik va tojikistonlik jangarilar o‘ldirildi

Mahalliy matbuotda yozilishicha, yaqinda Suriyada Qozog‘iston va Tojikistondan kelib IShID tarkibiga qo‘shilgan bir guruh jangarilar o‘ldirilgani ma'lum bo‘ldi.
Uralsklik Talg‘at Tureyevning o‘ldirilgani haqidagi xabar uning onasiga shu yilning may oyida yetib keldi. Tureyev Suriyaga 2013 yili ketib qolgan bo‘lib, o‘zi bilan rafiqasi va qizini ham olib ketgan edi. Onasining aytishicha, 2009 yili professional futbolchi bo‘lish orzulari amalga oshmagach, Tureyev shunday qarorga kelgan.
Ko‘loblik Nusrat Nazarov esa bir hafta muqaddam o‘ldirildi. Uning ukasi Xayrullo jasadning suratidan akasini tanidi. Bu borada jangarilarning o‘zi ham videomurojaat e'lon qilishdi. Nazarov ham IShID tarkibida ikki yil jang qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish