Jahon | 09:45 / 10.07.2015
3806
1 daqiqa o‘qiladi

Ufada ShHT sammiti boshlandi

Juma kuni Boshqirdiston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti ochildi. Unda Hindiston va Pokistonning tashkilotga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Ufada 8-10 iyul kunlari ShHT va BRIKS sammitlari o‘tkaziladi. Joriy yilda har ikki tashkilotga Rossiya raislik qilmoqda.

Ayni paytda ShHT tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi. Mo‘g‘uliston, Hindiston, Pokiston, Eron va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2014 yil sentabrida Hindiston va Pokiston ShHTga a'zo bo‘lishga rasmiy talabnoma bilan chiqishdi. Shri-Lanka va Armaniston kuzatuvchilikka murojaatnoma bilan chiqishdi.

Ilgariroq Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov sammit davomida 14ta qo‘shma qaror qabul qilinishini ma'lum qilgan edi. Sammit yakunlariga ko‘ra Ufa deklaratsiyasi qabul qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish