Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Universiada-2015 musobaqasi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda
Janubiy Koreyaning Kvangchju shahrida bo‘lib o‘tgan talaba sportchilar o‘rtasidagi butunjahon Universiada musobaqalari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda.
Akademik eshkak eshish, yengil atletika, taekvondo (WTF), tennis, qilichbozlik, sport va badiiy gimnastika hamda dzyudo musobaqalarida qatnashgan hamyurtlarimiz birorta medalni qo‘lga kirita olishmadi.
Ko‘plab sport turlari bo‘yicha bahslar tugab bo‘ldi. Lekin o‘zbekistonliklar uchun natija butunlay omadsiz bo‘lib turibdi.
Taqqoslash uchun O‘zbekiston talabalaridan iborat terma jamoa 2013 yilda Qozonda bo‘lib o‘tgan Universiada musobaqalarida 2ta oltin, 7ta kumush va 10ta bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.