O‘zbekiston | 08:37 / 10.07.2015
10553
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya, Hindiston va Xitoy rejissyorlari Buxoroda master-klasslar o‘tkazishadi

Yaponiya, Hindiston va Xitoy rejissyorlari Buxoroda 9 iyulda boshlangan “Teatr yig‘ilishlari” loyihasi doirasida o‘zbekistonlik hamkasblariga master-klasslar o‘tkazadilar, deb xabar berdi jurnalistlarga loyiha koordinatori, rejissyor Avliyoquli Xo‘jaquli.

Tadbir “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va Buxoro viloyati madaniyat va sport ishlari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

“Oxirgi yillarda O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyat teatrlari davlat ko‘magini oldi, teatr binolari ta'mirlandi, ichki jihozlar yangilandi. Bu teatr jamoalarini yangi ijodiy ishlarga ilhomlantirdi. Biroq vaqt ularning malakasini oshirishni talab qilmoqda”, deydi Xo‘jaquli.

Uning aytishicha, Yaponiya, Hindiston va Xitoydan taklif etilgan aktyor va rejissyorlar Buxoro viloyati davlat dramatik teatri sahnasida ma'ruzalar va master-klasslar o‘tkazadilar.

Bir oy davomida taklif etilgan teatr san'ati sahna ustalari o‘zbekistonlik teatr rejissyorlari bilan aktyorlik mahorati, sahna nutqi, vokal, rejissura, stsenografiya, xoreografiyaning nozik jihatlari bilan bo‘lishadilar. Master-klasslar yakuni sifatida Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari bo‘yicha mehmonlar va mezbonlar ishtirokida teatrlashtirilgan tomosha qo‘yiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish