Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“STS-Media” aksiyadorlari Alisher Usmonov va Tavringa xolding aktivlarining 75 foizini sotib olishni taklif qilishmoqchi
“STS-Media” aksiyadorlari xoldingning 75 foizlik aktivlarini Alisher Usmonov va Ivan Tavringa qarashli “YuTV” guruhiga 200 million dollar evaziga sotishni rejalashtirishgan.
Xolding ulushini sotishni bo‘lajak bitimni baholash uchun “STS-Media”ning Verner Klatten, Tamjid Basuniya va Jan-Per Morel kabi direktorlar kengashi a'zolaridan tuzilgan maxsus qo‘mita ma'qullab berishi kerak.
Bundan oldinroq, “YuTV” guruhi “STS-Media”ga tegishli aksiyalarning 75 foizini Shvetsiyaning MTG kompaniyasi va barcha ozchilik aksiyadorlardan sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqqanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.