Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Ebola virusidan aziyat chekkan davlatlarga 3,4 mlrd dollar ajratadi
BMT qarorgohida donorlik anjumani doirasida Ebola virusi epidemiyasidan eng ko‘p aziyat chekkan davlatlar sifatida Gvineya, Liberiya va Serra-Leonega 3,4 mlrd dollar ajratish qarori qabul qilindi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bizning aniq hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bugun umumiy hisobda 3,4 mlrd dollar ajratish e'lon qilindi. Natijada biz umumiy hisobda 5 mlrd dollarga ega bo‘ldik. Sizga saxiyligingiz uchun minnatdorchilik bildiraman”, deb aytdi BMT Taraqqiyot dasturi boshlig‘i Xelen Klark.
Klarkning aytishicha, bu pullar ushbu davlatlarning sog‘liqni saqlash, ta'lim, suv ta'minoti, mehnat bilan bandlik tizimlarini mustahkamlash va boshqa maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.
Avvalroq Liberiyaga Ebola virusi yana qaytgani ma'lum qilingandi.