Jahon | 15:42 / 11.07.2015
2539
1 daqiqa o‘qiladi

Chad poytaxtida portlash yuz berishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

11 iyul kuni Chad poytaxti Njamena shahri markazida sodir bo‘lgan portlash tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Agence France-Presse tvitteri orqali xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, bu terakt paranjiga o‘rangan terrorchi ayol o‘zini portlatishi orqali amalga oshirilgan.

Portlash sodir etilgan hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Bu terakt Chad poytaxtida keyingi 1 oy davomida amalga oshirilgan ikkinchi portlash bo‘ldi. Bundan oldingi terakt oqibatida 30dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish