Jahon | 21:47 / 11.07.2015
2636
1 daqiqa o‘qiladi

IShID Italiyaning Qohiradagi konsulligi oldidagi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID terrorchilik tashkiloti Italiyaning Qohiradagi konsulligi oldida yuz bergan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi IShIDning ijtimoiy tarmoqlaridagi bayonotiga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Portlash 11 iyul kuni ertalab sodir etildi. Konsullik oldidagi trotuarga qo‘yilgan minalashtirilgan avtomobil portlatildi.

Terakt oqibatida 5 kishi – 2 nafar politsiyachi va 3 nafar yo‘lovchi jarohat oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish