Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Makdonalds» “so‘kinadigan” minon o‘yinchoqlarini bolalar tushliklaridan chiqarib tashlamasligini ma'lum qildi
AQSh aholisi “Makdonalds” restoranlaridagi bolalar tushliklaridagi “Minonlar” multfilmidagi qahramonlar shakllari ustidan shikoyat qilishdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Mijozlarning e'tiroziga bolalar tushliklaridagi “gapiradigan” o‘yinchoqlar ularning fikricha, so‘kinishga o‘xshagan so‘zlar sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ovozlar chiqarishi sabab bo‘lgan. Kompaniya vakillari o‘yinchoqlar borasida ularga “juda kichik miqdordagi murojaatlar” kelib tushganini va multfahramonlar ko‘pincha hech qanday ma'noga ega bo‘lmagan, o‘zidan hech qanday ranjituvchi yoki bemaza ko‘rinish namoyon etmaydigan beozor ovozlar va so‘zlar aytishini ta'kidlab o‘tdilar, misol uchun, para la bukay, hahaha va eh eh kabi so‘zlar. Restoranlar tarmog‘i matbuot kotibi Liza Makkomb kompaniya o‘yinchoqlarni chaqirtirib olishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi.
“Minonlar” to‘la metrajli multfilmi 7 iyuldan dunyo ekranlariga chiqarildi.