Jamiyat | 23:31 / 11.07.2015
17607
2 daqiqa o‘qiladi

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) esdaliklari saqlanadigan muzey

«Topkapi Saray» (Turkiya, Istanbulda joylashgan) — «To‘pqopi saroyi» yoki «to‘p(zambarak)li darvoza» deb tarjima qilish mumkin.


Saroyning bunday nomlanishining sababi bor, albatta. Chunki sultonning saroyga kirish va chiqish vaqtida har doim zabarak otilgan. Shuningdek, aynan shu yerda Vizantiya saltanati darvozasi joylashgan, degan qarashlar ham mavjud.


Mazkur muxtasham saroy 1924 yildan muzeyga aylantirilgan. Bir necha yuz yillar ovro‘pa uslubidagi “Do‘lmabog‘cha” saroyi qurilguniga qadar sultonlik qarorgohi vazifasini o‘tagan.



To‘pqopi muzeyi pavilonlarida payg‘abarimiz Muhammad (s.a.v) ga tegishli muqaddas esdaliklar (oltin shamshir, kamon, qahrabodan ishlangan muhr, kumush taxtiravon, tabarruk soqol tolasi, oyoq izlari) millionlab odamlarning qizqishlarini uyg‘otib keladi.

Sultonlar har yili ramazon oyida Muhammad (s.a.v) ning muqaddas buyumlari saqlanadigan joyni ziyorat qilishgan.

Bu nodir ashyolarni sulton Salim I 1517 yili Misrni fatx qilgan chog‘da olib kelgan.

Bundan tashqari “To‘pqopi saroyi”da yana ko‘plab qimmatbaho osori-atiqalar ham joy olgan. Ular orasida Abu Bakr (r.a), Umar, Usmon va Ali (r.a), shuningdek, muqaddas Ka'ba darvozasi kalitlari ham mavjud.

Manba: Muxlis.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish