Jahon | 12:32 / 11.07.2015
2731
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi masjidlarda bepul paypoqlar tarqatilmoqda

Turkiyadagi masjidlarning tozaligiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu haqida mamlakat muftiysi Adirna Amrulloh Uzum ommaviy axborot vositalari bilan suhbatda ma'lum qildi.

“Avvalo, Allohning uyi doimo ozoda tutilishi hamda sanitar-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilinishi kerak. Yoz kunlarida aksariyat odamlar yalang oyoq yurishlari va masjidga chang bosib kirishlari tabiiy. Shu bois, jomega qadam ranjida etayotgan har bir namozxon oyog‘iga kiyib olishi uchun bepul paypoq tarqatiladigan bo‘ldi. Bu savobli ishni YuNeSKO xalqaro tashkilotining oltin ro‘yxatiga kiritilgan, me'morchilik durdonasi sanalmish “Salimiya” masjididan boshlashni lozim deb toptik” – deb ta'kidlaydi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish