Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning AQShdagi elchisi NATO va AQShning Ukraina bilan chegaradagi imkoniyatlari oshganini ma'lum qildi
Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy “Zerkalo nedeli. Ukraina” ko‘rsatuviga bergan intervyusida Rossiya tomonidan ehtimoliy tajovvuzni “ushlab turuvchi omil” sifatida Ukraina bilan chegaradosh hududlarda NATO va AQShning imkoniyatlari oshganini ma'lum qildi.
“NATOda ham, AQShda ham ularning Yevropadagi joylashishlari qayta ko‘rib chiqildi, ular Ukraina bilan chegaradosh hududlarda o‘z imkoniyatlarini oshirganlari Rossiya tomonidan ehtimoliy kuch ishlatilishini ushlab turuvchi omil hisoblanadi”, deb aytdi Chaliy.
Chaliyning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining joriy holati hozirda “tajovvuzkor uchun qimmatga tushadigan” vaziyatni yaratmoqda.