Jahon | 09:14 / 11.07.2015
2301
1 daqiqa o‘qiladi

«Ukrnaft»ga britaniyalik Mark Rollinz rahbar etib tayinlanadi

Ukraina iqtisodiyoti uchun muhim korxonalarga rahbarlarni tayinlash qo‘mitasi Buyuk Britaniyaning BG neft kompaniyasining Qozog‘istondagi filialining prezidenti Mark Rollinzni “Ukrnaft” kompaniyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Rollinz 1989 yilda Oksford universitetining texnika fanlari doktori va 1985 yilda matematika sohasi bo‘yicha Kembrij universitetining magistr darajalarini olgan. Uning nomzodi 22 iyulda kompaniyaning aksionerlari yig‘ilishida tasdiqlanishi kerak.

Biroz oldinroq, bu o‘ringa "Yevroseti" asoschisi Yevgeniy Chichvarkin tayinlanishi haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish