Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada dunyodagi eng qimmat bir shingil uzum sotildi
700 gramm keladigan bir shingil uzum Yaponiyadagi auksionda 1 mln iyenga, ya'ni taxminan 8 ming 200 dollarga sotildi. Sotilgan “Rim yoquti” navidagi uzum yaponiyalik seleksionerlarning faxri hisoblanadi. Uzum donlari juda shirin bo‘lib, o‘lchami stol tennisi koptokchasidek keladi. Bu uzum shingillari vazn va shakar miqdori bo‘yicha qattiq tanlovdan o‘tkaziladi. Yiliga bu uzumning hamma standartlarga to‘g‘ri keluvchi hosilidan bir necha shingil olinadi, xolos.
Auktsionda uzumni qo‘lga kiritgan mahalliy restoranlardan birining bosh oshpazi har bir uzum doniga 300 dollardan to‘lagan va bu xarididan juda xursandligini aytdi. Bosh oshpaz bu noyob uzumni vinoga gazak sifatida tortiq qilmoqchi.