Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShlik keksa ayol qoyada mashinada ikki hafta davomida qolib ketdi
O‘zining Hyundai Sonata avtomobilida cho‘lda adashib qolgan pensioner er-xotin ikki hafta o‘tgach topildilar. Ularning avtomobillari Kaliforniyadagi Los Coyotes rezervatsiyasidagi qoyada qolib ketgan. Bu haqda The Press-Enterprise nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 68 yoshli Dianna Bedvell va uning 79 yoshli turmush o‘rtog‘i Sesil Knatston 10 may kuni yo‘lda ketayotganlarida noto‘g‘ri joyda burilib, boshqa yerga ketib qolishgan. Ularning avtomobili o‘rmonda, ko‘zdan nariroq bo‘lgan tuproqli yo‘lda qolib ketgan.
Erkak bir hafta o‘tib, yurak xurujidan vafot etgan, uning rafiqasi esa yon atrofdan o‘tib ketayotgan yo‘ltanlamas mashinalarda sayohat qilib yurganlar tomonidan topib olinmagunga qadar yana 7 kun mashina ichida qolib ketgan.
Qayd etilishicha, ikkala pensioner ham qand kasalligidan aziyat chekkan va shuning uchun yordam topish uchun mashinani tark eta olmagan.