Sport | 13:38 / 12.07.2015
1931
1 daqiqa o‘qiladi

Darmian “Manchester Yunayted” bilan 4 yillik shartnoma imzoladi

“Torino” himoyachisi Matteo Darmian rasman “Manchester Yunayted” o‘yinchisiga aylandi.

25 yoshli futbolchi “MYu” bilan “4+1” sxemasi bo‘yicha, ya'ni bir yilga uzaytirish ehtimoli bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq mankunianliklar Darmianning transferi uchun 20 mln yevro to‘lashlari ma'lum qilingandi.

Darmian Italiya terma jamoasi safida 13 ta o‘yin o‘tkazgan, “Torino” safida esa 2011 yildan boshlab 146 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol yozib qo‘ygan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish