Sport | 17:51 / 12.07.2015
2349
1 daqiqa o‘qiladi

Filipp Lam Shvaynshtaygerga "MYu"dagi faoliyati davomida omad tiladi

"Bavariya" jamoasi himoyachisi Filipp Lam o‘zining uzoq yillik jamoadoshi Bastian Shvaynshtaygerning "MYu"ga o‘tgani haqida fikr bildirdi.
 
"Shaxsan men uchun bu afsuslanarli hol. Men o‘z faoliyatimning asosiy qismini Bastian bilan "Bavariya" va Germaniya terma jamoasida birgalikda o‘ynab o‘tkazdim. Ammo u o‘z futbolchilik faoliyatida yangilik qilishni istadi. Men uning qarorini hurmat qilaman.
Aytishim kerakki, hozirda birgina men emas, "Bavariya"dagi barcha futbolchilar uning ketishidan xafa bo‘lmoqda. Men uning eng yaqin do‘stlaridan biri sifatida, unga yangi jamoasida ham "Bavariya"dagidek yorqin faoliyat tilayman", deydi Lam.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish