Sport | 15:44 / 12.07.2015
5539
1 daqiqa o‘qiladi

Levandovski rafiqasining do‘konga borib kelishi uchun vertolyot yolladi

"Bavariya" jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovski o‘z rafiqasi do‘konga non olish maqsadida borib kelishida foydalanishi uchun vertolyot ijaraga oldi.

U bu ishni o‘zining dam olish vaqtini o‘tkazayotgan, Polshadagi Stantslevo qishlog‘ida turib amalga oshirgan.

Ma'lum bo‘lishicha, bu qishloqqa eng yaqin do‘kon 30 km uzoqlikda joylashgan.

Bild nashrida yozilishicha, Polshada vertolyotni 10 soatga yollash uchun 5 ming yevro sarflash kerak bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Levandovski "Bavariya"da yiliga 12 mln yevro ishlab topadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish