Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 16:34 / 12.07.2015
2176
1 daqiqa o‘qiladi
Svetlana Radzivil Madriddagi turnirda bronzaga ega bo‘ldi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida yengil atletika bo‘yicha IAAF World Challenge turniri bo‘lib o‘tdi. Balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Svetlana Radzivil 194 sm balandlikni zabt etib, yuronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish kerakki, kumush medal sohibi bo‘lgan Levern Spenser ham aynan shu natijani qayd etgan, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga u bir pog‘ona yuqorida joylashgan. Mezbonlar vakilasi Rut Beytiya esa 196 sm ko‘rsatkich bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish