Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hayvonot bog‘idagi kapalaklar uyi kengaytiriladi
Mart oyida Toshkent hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar uchun yangilik sifatida bu yerda Tropik kapalaklar uyi tashkil etilgandi.
"Pravda Vostoka" nashrida yozilishicha, ayni kunlarda bu ulkan xonaga kirilganda, hamma joyda 26 turdagi chiroyli va rang-barang kapalaklar uchib yuradi.
Xabarda ta'kidlanishicha, bu xonada avgust oyidan boshlab kapalaklarning turlari va soni ko‘paytiriladi.
"Kapalaklar uyida Yevroosiyo va Amerika qit'alaridan keltirilgan kapalaklar mavjud. Bu yerda bejirim hashoratlarning yashashi uchun barcha sharoitlar, sun'iy suv havzalari, daraxtlar, gullar va albatta havoning kerakli harorati mavjud. Yaqin vaqt ichida sharoitlar yanada yaxshilarnib, kapalaklarning turlari ko‘paytiriladi", deydi "Tropik kapalaklar uyi" direktori Muqaddas Shodiyeva.
Ushbu loyiha Toshkent hayvonot bog‘i va Botanika bog‘i xodimlarining amaliy yordami evaziga amalga oshirilgan. Kapalaklarning umri juda qisqaligi tufayli tashrifchilardan ularga qo‘l bilan tegmaslik so‘ralgan.