Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning Turkiyadagi konsuli Putinning tasviri tushirilgan futbolkada ko‘rinish berdi
Ukrainaning Turkiyadagi faxriy konsuli Levent Oydinning futbolchi Samuel Eto'Oning “Antalyaspor” klubining yangi o‘yinchisi sifatida tantanali tanishtirilishi marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri tushirilgan futbolkada paydo bo‘lishi Ukrainada katta mojaroga aylanishi mumkin.
Oydin ushbu marosimda “Antalyaspor” bilan shartnomaga ega bo‘lgan homiy kompaniyaning vakili sifatida ishtirok etdi. Oydin ataylabmi-yo‘qmi, och havorangdagi yozgi pidjak ostida Vladimir Putinning tasviri va uning ostida “Muloyimlik – bizga xos” yozuvi tushirilgan futbolkada paydo bo‘ldi.
Ukrainalik vatanparvarlar faxriy konsulning bunday kiyimidan g‘azab otiga minib, uni bu unvondan mahrum qilishni talab qilishmoqda.