O‘zbekiston | 19:02 / 13.07.2015
3684
1 daqiqa o‘qiladi

"Afrosiyob" poyezdi dam olish kunlari ikki martadan qatnaydi

«Afrosiyob» poyezdi harakatlari jadvaliga qo‘shimcha reyslar kiritildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.

2015 yilning 12 iyulidan boshlab «Afrosiyob» tezyurar poyezdi shanba va yakshanbada kuniga ikki martadan qatnaydi.

Poyezdlar Toshkentdan soat 07:00 va 08:00 da, Samarqanddan esa 17:00 va 18:00 da yo‘lga chiqadi. Safar 2 soat 8 daqiqani tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish