Sport | 22:02 / 13.07.2015
2578
2 daqiqa o‘qiladi

Andrey Arshavin o‘z faoliyatini “Kuban”da davom ettiradigan bo‘ldi

Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasining sobiq hujumchisi Andrey Arshavin Krasnodarning “Kuban” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Kuban” bosh direktori Valeriy Statsenko ma'lum qildi.

“Kuban” matbuot kotibi jamoaning yangi futbolchisi a'lo darajadagi jismoniy tayyorgarlikda ekanini aytdi.

34 yoshli futbolchi bilan shartnoma bir yilga tuzildi.

Ma'lumot uchun, Andrey Arshavin 2000-2008 yillar, 2012-2015 yillar davomida “Zenit” safida to‘p surib, 283 ta o‘yin o‘tkazgan hamda 57 ta gol muallifiga aylangan. Uch karra Rossiya chempioni (2007, 2012, 2015), Rossiya superkubogi (2008), Rossiya Premer-ligasi Kubogi (2003), UYeFA Kubogi (2008), UYeFA Superkubogi (2008), Rossiya terma jamoasi safida 2008 yilgi Yevropa chempionati bronza medali sohibi hisoblanadi.

Arshavin 2009-2013 yillar mobaynida Londonning “Arsenal” klubi tarkibida to‘p surgan hamda 103 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 23 ta to‘p kiritgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish