Jahon | 09:41 / 13.07.2015
3016
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afrikada IShIDga qarshi dronlar joylashtirishi mumkin

AQSh Shimoliy Afrika davlatlari bilan ularning hududida IShIDga qarshi kurashga yo‘naltirilgan uchuvchisiz samolyotlar joylashtirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, hududda dronlar bazasining bo‘lishi jangarilarning xatti-harakatlariga darhol javob berish imkonini tug‘diradi.

Hozircha birorta davlat ushbu taklifga rozi bo‘lmagani aytilmoqda. Muzokaralar olib borilgan davlatlarning nomi keltirilmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish