Sport | 10:13 / 13.07.2015
2004
1 daqiqa o‘qiladi

Eduardo Vargas 11 mln yevro evaziga "Al-Ayn"ga transfer qilinadi

"Napoli" jamoasining chililik hujumchisi Eduardo Vargas o‘z faoliyatini BAA chempionatida davom ettirishi xabar qilindi.

O‘tgan mavsumni Angliyaning "KPR" jamoasida ijara asosida o‘tkazgan ushbu 25 yoshli hujumchining transferi uchun BAAning "Al-Ayn" jamoasi 11 mln yevro taklif qilgan.

Chilevision nashri xabarida aytilishicha, arablar futbolchining o‘ziga 3,5 mln yevrodan iborat yillik maosh tayinlashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Chilida o‘tkazilgan Kopa Amerika musobaqasida Vargas o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi va 4 gol bilan turnir to‘purarlaridan biri sifatida taqdirlandi.

Biroz oldinroq, ushbu hujumchiga Londonning "Arsenal" va Moskvaning TsSKA jamoalari tomonidan qiziqish bildirilgan, ammo "Napoli" bu takliflarni qabul qilmagan.

Ma'lumot uchun, Vargas o‘tgan mavsumda "KPR" safida 21 o‘yinda ishtirok etib, 3ta gol urgan hamda 2ta golli pas amalga oshirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish