Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilgizar Sobirov: Tadbirkorning mulkini badalsiz buzib tashlash qonun bilan jazolanadi
O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriya javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tadbirkorlarga tegishli binolar va boshqa obektlarni ularning bozor narxidagi badalini to‘lamasdan buzish uchun jazolash haqidagi tartib kiritiladi.
Bu haqda “Inson va qonun” gazetasi Oliy Majlis Senatining sobiq raisi, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbari Ilgizar Sobirovga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
Sobirovning so‘zlariga qaraganda, 2015 yil avgustida kodeksga alohida XVI bob kiritiladi. Unda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish masalasi batafsil yoritiladi.