Jamiyat | 17:38 / 13.07.2015
2880
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada koronavirus epidemiyasi to‘xtadi

Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi MERS epidemiyasi deyarli tugatildi. Sakkiz kundan buyon birorta yangi bemor ro‘yxatga olinmadi.
Ushbu yangilik koreys jamiyatida birmuncha jonlanishga sabab bo‘ldi. Odamlar ko‘chalarda tibbiyot niqoblarida yurmay qo‘ydi, dorixonalar oldidagi navbatlar yo‘q bo‘ldi, kinoteatrlar va bog‘larda yana odamlar ko‘paya boshladi. Maktablar va bolalar bog‘chalari ham normal rejimda ishlay boshladi – epidemiya tufayli bunday turdagi 3 ming muassasa yopilgan edi.
Shu bilan birga, koronavirus mamlakat iqtisodiyotiga o‘ta salbiy ta'sir o‘tkazdi. Turistlar oqimining to‘xtab qolishi, turistik kompaniyalar, aviakompaniyalar va mehmonxonalarning jiddiy zarar ko‘rganidan tashqari, ko‘ngilochar biznes, transport va ishlab chiqarish ham pul yo‘qotdi. 124 ming sayyoh Koreyaga borishdan voz kechdi. Iyunda turistlar soni 24 foizga tushib ketdi.
Ko‘pchilik sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu holatda ayblamoqda. Ushbu vazirlik mutasaddilari 18 kun davomida virus o‘tish hollari kuzatilgan shifoxonalar ro‘yxatini ochishdan bosh tortgan edi. Boshqa rasmiy idoralar ham axborot yashirishda ayblanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish