Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Rossiyada 160 ga yaqin ukrainalik qo‘lga olingani ma'lum qildi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Alena Vashenko Belarusdan Rossiyaga o‘tgan 160 ga yaqin ukrainalik qo‘lga olinganini ma'lum qildi. Bu haqda “Interfaks-Ukraina” axborot agentligi xabar bermoqda.
“2015 yil 12 iyulda telefon orqali Ukrainaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligiga 11 iyulda Belarus-Rossiya chegarasini avtomobillarda kesib o‘tayotgan Ukraina fuqarolari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati chegara xizmati tomonidan ushlangani va Pskov viloyatining Nevel shahrida ushlab turilganlari haqida ma'lumot kelib tushdi”, deb aytmoqda Vashchenko.
Vashenkoning aytishicha, ukrainaliklarning pasportlari olib qo‘yilgan va ularga harakatlanish taqiqlangan.
“Rossiya Federal xavfsizlik xizmati chegara xizmati boshqarmasi rahbari bu xatti-harakatlarni uchinchi davlat fuqarolari Rossiyaning Belarus bilan chegarasini kesib o‘tishga haqlari yo‘qligi bilan tushuntirgan. Ukraina fuqarolari chegarani xalqaro o‘tkazish punktlarida kesib o‘tishlari mumkin”, deb aytilmoqda OAVlarda.
Qayd etilishicha, 13 iyulda Nevelda ertalabki payt 60 nafar ukrainalik ushlab turilgan.