Jahon | 19:44 / 13.07.2015
4606
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada odam savdosida gumonlanib ta'qib qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarib yuborildi

O‘zbekiston fuqarosi Jobir Abdullayev odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgani bois Rossiya poytaxtida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarib yuborildi.
O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan u 2008 yildan buyon qidirib kelinmoqda. U qalloblikda va odam savdosida gumon qilinmoqda.
Jumladan, Abdullayev 2007 yili O‘zbekistonda 42 kishini yollab, ulardan 3.2 mln so‘m olgan, so‘ng Rossiyaga olib kelib, Maxachqal'a shahrida sotib yuborgan.
Bundan tashqari, 2008 yili Abdullayev Moskva shahrida yana 2 o‘zbekistonlikni aldab, ularni 2009 yilga qadar bepul novvoyxonada ishlatgan.
2014 yil noyabrida davlatlararo qidiruvga berilgan Jobir Abdullayev Mokvada qo‘lga olindi. U shahar prokuraturasi tomonidan ekstraditsion tekshiruvdan o‘tkazildi, shundan so‘ng uni ishi Bosh prokuraturaga oshirildi. Bosh prokuratura, o‘z navbatida, Abdullayevni yurtiga qaytarishga qaror qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish