Sport | 17:02 / 13.07.2015
1943
2 daqiqa o‘qiladi

Novak Jokovich dunyo tennischilari reytingida peshqadamlik qilishda davom etmoqda

13 iyul kuni professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e'lon qilindi.

Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Uimbldon turniri finalida aynan Novakka imkoniyatni boy bergan Rojyer Federer ikkinchi o‘rinni band etgan.

Kuchli o‘ntalikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan. Faqat yetakchi tennischilar o‘z reyting ochkolarini pasaytirib olishdi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin “Uimbldon”dagi omadsizlikdan so‘ng 10 pog‘onaga pastlab, 72-o‘ringa tushib qoldi. Ikki hafta avval Istomin Nottingemdagi tarixiy g‘alabadan keyin 30 pog‘onaga yuqorilab, 62-o‘ringa ko‘tarilgandi.

O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov esa 9 pog‘onaga pastlab, ayni paytda 141-o‘rindan joy olgan.

ATR ReYTINGI

1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 13845
2 (2) Rojyer Federer (Shveytsariya) 9665
3 (3) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 7810
4 (4) Sten Vavrinka (Shveytsariya) 5790
5 (5) Kei Nisikori (Yaponiya) 5525
6 (6) Tomash Berdix (Chexiya) 5140
7 (7) David Ferrer (Ispaniya) 4445
8 (8) Milosh Raonich (Kanada) 3810
9 (9) Marin Chilich (Xorvatiya) 3540
10 (10) Rafael Nadal (Ispaniya) 3000
72 (62). DeNIS ISTOMIN (O‘ZBeKISTON) — 700
141 (132). FARRUX DO‘STOV (O‘ZBeKISTON) — 372
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o‘tgan haftadagi o‘rni berilgan

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish