Jahon | 18:22 / 13.07.2015
2782
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada oltita quruvchi 20 metrdan qulab tushdi

Qozog‘iston poytaxtidagi Turon shohko‘chasida ketayotgan Muz saroyi qurilishida oltita ishchi 20 m balandlikdan qulab tushdi. Bu haqda poytaxt shahar favqulodda vaziyatlar departamentiga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Yiqilganlarning uch nafari halok bo‘lgan, qolgan uchtasi og‘ir ahvolda.
Ta'kidlanishicha, barcha ishchilar chet el fuqarolari bo‘lgan. Tekshirilmagan ma'lumotlarga qaraganda, barcha jabrlanuvchilar Kosovo fuqarolari bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish