O‘zbekiston | 23:42 / 13.07.2015
23373
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mahbuslarga qanday oziq-ovqat mahsulotlari beriladi

O‘zbekiston hukumati qamoqxonalarda jazo o‘tayotgan mahbuslar hamda Ichki ishlar vazirligining tergov va vaqtinchalik izolyatorlarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan ta'minlash me'yorlarini tasdiqladi.

Hujjatga ko‘ra, mahbuslar 1 kunda 1-navli undan tayyorlangan 500 gramm non, 80 gramm go‘sht, 30 gramm shakar, 35 gramm baliq, 30 gramm guruch, 1 dona tuxum, 550 gramm kartoshka, 10 gramm quritilgan meva va boshqa oziq-ovqatlar olishga haqlidirlar.

Bundan tashqari, mahbus 421 gramm sabzavot, jumladan 95 gramm bodring va pomidor (barra va tuzlangan), 55 gramm karam (barra va tuzlangan), 35 gramm piyoz, 95 gramm lavlagi va sabzi, 20 gramm qovoq bilan ta'minlanishlari kerak.

Umumiy, qattiq va alohidagi rejimdagi koloniyalar va qamoqxonalarda saqlanuvchi mahbuslar ushbu me'yor bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanadilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish