Jamiyat | 16:38 / 13.07.2015
4132
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda turli odamlardan 50 mln so‘m o‘margan qallob qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Boyterak qishlog‘ida yashovchi, muqaddam ikki bor sudlangan Bahodir Ashurov turli odamlardan yirik miqdorda pul undirganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Keltirilishicha, u tadbirkor Rauf Xudoyberdiyevning mashina yuvish shoxobchasi ochish niyatida karcher suv purkagich moslamasini sotib olish niyati borligini bilib, undan aldov yo‘li bilan 12.3 mln so‘mni aldov yo‘li bilan olgan; qarindoshi Ulug‘bek Ko‘charovni turli bahonalar bilan aldab, undan bir haftada qaytarish sharti bilan 16 mln so‘m olib ketgan.
Bundan tashqari, Ashurov Abror Husanov ismli shaxsning qo‘lidagi plastik kartadan 26.248 mln so‘mni yechib olgan. Bundan xabar topgan Husanov darhol prokuraturaga murojaat qilgan. firibgar qo‘lga olinib, pullar o‘z egalariga qaytarilishi ta'minlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish