Jahon | 16:28 / 13.07.2015
2753
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Hindiston hamkorlikda Hind okeanida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Rossiya va Hindiston harbiylari hamkorlikda Hind okeanida Indra Navy-2015 harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya sharqiy harbiy okrug matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Ikki kunlik yig‘ilish asnosida Tinch okeani floti va Sharqiy harbiy dengiz qo‘mondonligi vakillari o‘tkaziladigan manyovrlarning muddati, tartibi, tashkiliy va loyihaviy tomonlari borasida kelishuvga erishdi. Mashg‘ulotlar joriy yilda Hind okeanida o‘tkaziladi”, – deyiladi xabarnomada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish