Jahon | 09:26 / 13.07.2015
2846
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada kazarmaning qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi

Rossiyaning Omsk viloyatida kazarmaning qulashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

O‘z navbatida, sog‘liqni saqlash vazirligi 10 kishining qurbon bo‘lganligi haqida ma'lumot berdi. Vazirlik matbuot kotibi Svetlana Ospennikovaning xabar qilishicha, ulardan 9 nafari voqea joyida vafot etgan, o‘ninchisining joni shifoxonada uzilgan.

Yana 22 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 12 nafarining ahvoli og‘ir deb topilgan. Vayronalar ostida yana 11 kishi qolib ketgani aytilmoqda.

Biroz oldinroq, 12 iyul kuni Omskdagi kazarma qulashi natijasida 37 kishi vayrona ostida qolgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish