Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada kazarmaning qulashi natijasida halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi
Rossiya Mudofaa vazirligi Omsk viloyatidagi harbiy kazarma binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 kishi bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar qilgan.
Xabarda xarobalar ostidan 42 nafar harbiy chiqarib olingani aytilgan.
"13 iyul kuni, soat 10:00 holatiga ko‘ra, bino xarobalari ostida 42 kishi qolib ketgani ma'lum bo‘ldi. Ulardan 23 nafari jonsiz holda topilgan", deyiladi xabarda.
Bundan oldingi xabarlarda bino qulashidan oldin u yerda 37 kishi bo‘lgani va ulardan 18 nafari halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Voqea joyida Moskvadan yetib kelgan maxsus komissiya tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda.
Avvaliga halokatga binoning eskirib ketgani sabab bo‘lgani haqida aytilgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bino yaqinda qurilgandi va qurilish jarayonida e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgani halokat sababi bo‘lishi mumkin.